
Pxyonchxan-2018: Rossiyalik xokkeychi qizlar bronza medallaridan mahrum bo‘lishdi
Bugun Pxyonchxan Olimpiadasida xokkey bo‘yicha ayollar o‘rtasida bronza medali uchun bahs bo‘lib o‘tdi. Unda yarim finalda imkoniyatni boy bergan Finlyandiya hamda Rossiyalik Olimpiadachi atletlar jamoasi to‘qnash keldi.
Bahs finlarning ustunligida boshlandi. Uchrashuvning birinchi davrida aynan ular raqib darvozasiga 1 ta shayba kiritib, hisobni ochishga erishdilar. Ikkinchi davrada ham ustunlik saqlab qolindi (3:1). Hal qiluvchi bo‘limda ruslar oradagi farqni atigi 1taga qisqartira olishdi xolos. Yakuniy hisob 3:2, finlyandiyalik xokkeychi qizlar Olimpiadaning bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Finlar ushbu Olimpiadada to‘rtinchi bor medal olishdi. E’tiborlisi, ularning barchasi bronza.
Oltin medal uchun kechadigan bahs ertaga o‘tib, unda AQSh va Kanada terma jamoalari muz maydonda saf tortishadi.
Fikrlar