
«Andijon» klubi «Neftchi» yoshlariga qarshi bahsda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi "Neftchi" yoshlar jamoasi mavsum-oldi tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun "Neftchi" klubi o‘rinbosarlari Birinchi liga vakili "Andijon" bilan kuch sinashdi.
Bahs o‘rtoqlik o‘yini maqomiga ega bo‘lishiga qaramay qiziqarli va murosasiz o‘tdi. Biroq yakunda tajriba o‘z so‘zini aytdi va andijonliklar g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
"Andijon" tarkibida Baxtiyor Qosimov hamda Alisher Abduvohidov penaltidan to‘p kiritgan bo‘lsa, Farhod Bekmuratov aniq zarbasi bilan o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi. “Neftchi” yoshlari tarkibidan Sanjar Qobulov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda amalga oshirdi. 3:1. Shu tariqa bahs yakunlandi.
"Andijon" – "Neftchi-2" 3 - 1
Gollar: Baxtiyor Qosimov, Alisher Abduvohidov, Farhod Bekmuratov - Sanjar Qobulov
“Neftchi”: Shuhrat Rahmonov, Mirjamol Ne’matov, Shodiyor Xojmatov, Husanboy G‘aniev, Sanjar Qobulov, Islom Toshpo‘latov, Xurshid Asqaraliev, Abror Ismoilov, Sarvar Abdullaev, Elamon Karimov, Otabek Isroilov
Zahira: Abdusattor Obidov, Azamat Xolmatov, Otabek Muhammadjonov, Avazbek O‘lmasaliev, Hamidullo Abdulhamidov, Bahodir Alimov, Mo‘min Ma’murjonov
Fikrlar