«Gremio» klubi 3-marta Libertadores kubogini qo‘lga kiritdi
Braziliyaning “Gremio” klubi Libertadores kubogi finali javob uchrashuvida safarda Argentinaning “Lanus” klubini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionlikka erishdi.
Aytish kerakki, “Gremio” klubi ushbu kubokni o‘z tarixida 3-marta qo‘lga kiritdi. Braziliya jamoasi bundan avval 1983 va 1995 yillarda ham ushbu musobaqada g‘olib chiqqan.
“Lanus” Argentina – “Gremio” Braziliya 1:2 (0:2, 1:0)
30 noyabr «Syudad de Lanus»
Gollar: 0:1 – 27 Fernandino, 0:2 – 42 Luan, 1:2 – 72, penalti Sand.
“Lanus” – Andrada, Errera (Moreno, 66), Garsiya, Velaskes (Denis, 88), Silva (Roxas, 78), Martines, Markone, Paskini, Gomes, Akosta, Sand.
“Gremio” – Groe, Jeromel, Jailson, Kortes, Bressan (Rafael Tiere, 82), Artur (Mishel, 51), Ramiro, Fernandino, Edilson, Luan, Barrios (Sisero, 76).
Ogohlantirishlar: Garsiya (5), Velaskes (21), Edilson (26), Jailson (70), Kortes (71), Silva (71), Ramiro (83), Groe (90).
Chetlatish: Ramiro (83).
Dastlabki o‘yin: 0:1

Fikrlar