«UGMK» qizlari g‘alaba qozondi

CHERY AUTO

Basketbol bo‘yicha Evropa ligasining guruh uchrashuvlari keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.

8 turning «A» guruhidan joy olgan «Galatasaray» (Turkiya) va «Shopron» (Vengriya) jamoalari o‘zaro bahslashdi. Ushbu o‘yinda «Galatasaray» klubi a’zolari o‘z maydonida harakat qilishiga qaramasdan o‘yinlari qovushmadi. Natijada esa raqiblari 75:73 hisobida g‘alaba qozondi.

Evropa ligasining «V» guruhida Rossiyaning «Nadejda» jamoasi Turkiyaning «Fenerbaxche» klubiga qarshi o‘tgan bahsda 64:66 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Visla» (Polsha) va «UGMK» (Rossiya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinla «UGMK» a’zolari shiddatli hujumlar uyushtirib yakunda 74:49 hisobida g‘alaba qozondi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!