APL. 26-tur natijalari va turnir jadvalidagi holat bilan tanishing
Angliya Premier-ligasining 26-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda ham bir qator qiziqarli va keskin bahslar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, chempionlik uchun asosiy da’vogar hisoblangan "Arsenal" safarda "Brentford"ga qarshi o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etib, muhim ochkolarni yo‘qotdi.
"Kanonirlar"ning asosiy raqobatchisi sanalgan "Manchester Siti" esa o‘z uyida "Fulxem"ni yirik 3:0 hisobida mag‘lub etib, peshqadam bilan orasidagi farqni 4 ochkogacha qisqartirdi.
Shuningdek, "Chelsi" hamda "Manchester Yunayted" jamoalari o‘z bahslarida durang natija qayd etdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Mikel Arteta shogirdlari 57 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda 53 ochko jamg‘argan "shaharliklar" joylashgan. Kuchli uchlikni esa 50 ochko bilan "Aston Villa" jamoasi yakunlab bermoqda.
Quyida 26-turda qayd etilgan barcha natijalar hamda turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Fikrlar