Ana xolos: Deli Alliga haftasiga bir million dollar maosh berishadi

  • 7 yanvar, 2017, 08:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
 
"Tottenxem" klubi va Angliya terma jamoasining 20 yoshli futbolchisi Deli Alli tez orada eng ko‘p maosh oladigan futbolchilar ro‘yxatida hammani ortda qoldirishi mumkin. Buning uchun iste’dodli futbolchi bitta shartnoma imzolasa bas.
 
Biroq, haftasiga bir million dollar ishlash uchun Deli Alli jahonning eng zo‘r ligasini tark etib, Xitoy chempionatiga borishi kerak. Xitoy Superligasining bir necha klublari Deli Alliga yanvardan ochilgan hozirgi transferlar vaqtida haftasiga bir million dollarlik shartnoma taklif qilishi aytilmoqda. Hozircha, transfer summasi ma’lum qilinmangan.
 
"Tottenxem" bilan 2022 yilgacha shartnoma tuzgan deli Alli joriy chempionatda 19 ta uchrashuvda o‘nta gol urdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!