Bahrom Ukrainada "kaltak" edi

  • 25.12.2016 14:44
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
Ukraina poytaxti Kiev shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Bahrom Payozov ham ringga chiqdi.
 
31 yoshli bokschimiz professional ringdagi 32 jangini rossiyalik engilmas bokschi Hasan Baysangurovga qarshi o‘tkazdi.
Sakkiz raundg mo‘ljallangan jang beshinchi raundda yakunlandi. Kuchli raqibining ketma-ket zarbalarini o‘tkazib yuborgan Bahrom Payozov texnik nokautga uchradi.
 
Professional janglarda 2008 yildan buyon qatnashayotgan hamyurtimiz sakkizinchi marotaba mag‘lubiyatini tan oldi. Bahrom faoliyati davomida 23 marotaba g‘alaba qozongan.
 
19 yoshli Hasan Baysungurov esa professional bokschilik faoliyatidagi ketma-ket 13 g‘alabasini nishonladi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!