G‘ulomning bozori chaqqon

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
"Napoli" himoyachisi Favzi G‘ulom qator grand klublari e’tiboriga tushdi va uni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan jamoalar soni kun sayin ko‘payib bormoqda.
 
Avvaliga "Real" ustozi Zinedin Zidan o‘zi singari asli jazoirlik bo‘lgan Favzi G‘ulomni Madridga taklif etayotgan haqi xabar berilgan edi. Endi 25 yoshli bu futbolchiga "Chelsi", "Bavariya" va PSJ kabi grand klublar ham da’vogarlik qilmoqda.
 
 
Ayni paytda "Napoli" va Favzi G‘ulom 2018 yilgacha davom etadigan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayapti. Futbolchi yiliga 2,5 million evro miqdorida maosh talab qilmoqda. Klub esa ko‘pi bilan 1,6 million evro maosh berishini aytmoqda. Grand klublar bu vaziyatdan foydalanib, G‘ulomni osonlikcha qo‘lga kiritmoqchi. Chunki agar futbolchi shartnomani yangilamaydigan bo‘lsa. uning transfer narxi sezilarli darajada tushib ketadi.
 
Grand klublarning barchasi Favzi G‘ulomga uning maosh borasidagi talablari to‘la qodirilishiga va’da bermoqda.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!