Suzish va dzyudo murabbiylariga chempion tayyorlash usuli o‘rgatildi

CHERY AUTO
 
Poytaxtimizda O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan sport orqali jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish maqsadida suzish va dzyudo murabbiylari uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi.
 
Tadbirda Toshkent shahar xalq ta’limi hamda madaniyat va sport ishlari bosh boshqarmalari tasarrufidagi bolalar va o‘smirlar sport maktablarining murabbiylari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida futbol, dzyudo, engil atletika, suzish, stol tennisi, pauerlifting, o‘q otish, voleybol kabi sport turlari ommalashmoqda. Viloyatlarda assotsiatsiyaning hududiy bo‘limlari tashkil etilib, imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga jalb etish, paralimpiyachilarning o‘quv-mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
 
– Seminarda mutaxassislardan sportchilarning mahorat va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida mashg‘ulotlarni maxsus dastur asosida o‘tkazish hamda yangi qoidalar bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldik, – deydi dzyudo murabbiyi Shuhrat To‘raev.
 
Keyingi yillarda paralimpiyachilarimiz nufuzli xalqaro musobaqalarda, Paralimpiya va Paraosiyo o‘yinlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Enli ularning yutuqlari salmog‘i yanada oshadi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!