
Aleksandr Volkanovski: "Topuriya - Hollouey jangi g‘olibiga qarshi kurashish uchun barcha ishni qilaman, ammo..."
Yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni Aleksandr Volkanovski oktagonga qachon qaytishini ma’lum qildi.
"Men "UFC 312" kardiga kirish va unda Iliya Topuriya - Maks Hollouey jangi g‘olibiga qarshi kurashish uchun barcha ishni qilaman. Agar o‘sha vaqtda chempionda jarohat yoki shunga o‘xshash muammo bo‘lsa, vaqtinchalik titul egasiga aylanish uchun Diego Lopesga qarshi jang o‘tkazaman", - deb yozdi avstraliyalik o‘zining ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski so‘nggi jangini "UFC 298" da o‘tkazib, Iliya Topuriyadan 2-raundda nokautga uchragan edi.
Fikrlar