“An-Nasr”da yurovrasanmi? Mourino Ronalduni Evropaga qaytarmoqchi

  • 22.11.2024 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourino “An-Nasr”da to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgan Krishtianu Ronaldu bilan bog‘landi.

Portugaliyalik mutaxassis o‘z hamyurtini Turkiya chempionatiga o‘tish bo‘yicha fikrini so‘ragani aytilmoqda.

Fotomac nashrining ma’lum qilishicha, Mourino Ronalduga shaxsan o‘zi qo‘ng‘iroq qilib, “Hozir “An-Nasr”da baxtiyormisan? Seni klubdan ketadi, deyishyapti. Agar ketsang, “Fenerbahche”ga o‘tasanmi?”, deb so‘ragan.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, “Fenerbahche” sport direktori Mario Branko Ronalduning agenti bilan bog‘lanib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Ronaldu jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan futolchi hisoblanadi. Uning hisobida klublar va terma jamoada kiritilgan 910 ta gol bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Исмаилов Бахтияр
23/11/2024 07:39
"юроврасанми" деган сўз ўзбекчами? Бу журналистларининг саводсизлиги қачонгача?