“Barsa” bir o‘yinchi uchun to‘rt futbolchidan voz kechishga tayyor

  • 30.03.2024 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” rahbariyati tarkibni optimallashtirish ishlarini davom ettirmoqda. Kataloniyaliklar o‘zlariga kerakli o‘yinchini olish uchun ayrim futbolchilarini qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumotlarga qaraganda, amaldagi chempion Angliya Premer-ligasida porlayotgan Amadu Onanani nishonga oldi.

“Everton” o‘z futbolchisini 60 million evroga baholamoqda. “Barsa” bu summani ko‘tara olmaydi. Shuning uchun ular transfer kelishuviga o‘z futbolchilarini qo‘shishni taklif qilmoqda.

Kataloniyaliklar Onanani olish uchun Kleman Langle, Serjino Dest, Ansu Fati hamda Fermin Lopes bilan butunlay xayrlashishga tayyor.

Amadu Onanaga “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kabi grand klublar ham ko‘z tikmoqda. “Everton” moliyaviy qiyinchiliklardan qutila olmayotgani uchun qaysi klub ko‘proq pul tiksa, o‘shaning taklifini qabul qilishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!