
Ispanlar aytgan narx “Liverpul”ni cho‘chitdi
Angliya chempioni o‘zi istagan himoyachi Diego Karlos transferi bo‘yicha “Sevilya” rahbariyati bilan bog‘landi.
Muzokaralar davomida ispaniyaliklar Braziliyadan kelgan 27 yoshli futbolchining transfer summasini 68 million funt ekanini ma’lum qildi. Markaziy himoyachi uchun aytilgan bu summa “Liverpul”ga to‘g‘ri kelmayapti.
Yurgen Klopp Diego Karlosni yaqinda Rossiya premer-ligasiga ko‘chib o‘tgan Deyan Lovrenga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
“Sevilya”ga o‘tgan yili “Nant”dan olib kelingan Kosta primerada 35 ta o‘yinda ikkita gol urdi.
Fikrlar