Mbappe jarohati sabab Islandiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Frantsiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida ma’lum qilishicha, terma jamoa hujumchisi va sardori Kilian Mbappe to‘vondagi jarohati tufayli 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Islandiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi.
Federatsiya bayonotida ta’kidlanishicha, futbolchi "Real Madrid" klubiga qaytadi va uning o‘rniga boshqa futbolchi chaqirilmaydi.
Hujumchi Ozarbayjonga qarshi o‘yinda (3:0) jarohat olgan edi. Bosh murabbiy Dide Desham uchrashuvdan so‘ng futbolchining holati haqida ma’lumot berdi:
"Kilian o‘yinda to‘von sohasida og‘riq sezdi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi, ammo xavf tug‘ilmasligi uchun Islandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi ma’qul deb topdik. Biz uchun uning sog‘ligi eng muhim narsa."
Hozirgacha Mbappe saralash bosqichida 3 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.



Fikrlar