Mourino APL murabbiylariga qarshi bosh ko‘tardi
Og‘ir xarakteri bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga qaratishga o‘rgangan “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino APL o‘yinlarini qayta tiklashga qarshilik qilayotgan hamkasblariga keskin tanqidlarini yog‘dirdi.
The Mirror nashri ma’lum qilishicha, bu voqea klublar bosh murabbiylari ishtirokida o‘tkazilgan videokonferentsiyada sodir bo‘ldi.
- Agar maydonga qaytishni istamasangiz, uyda o‘tirib, Bundesligani tomosha qila qoling!, - dedi Mourino zarda bilan o‘z hamkasblariga.
Hozircha, APL qachon tiklanishi noma’lum, Germaniya chempionati esa boshlanish arafasida.

Fikrlar