Neymarning do‘sti Turkiyada o‘ynaydi
Braziliya terma jamoasi yarim himyachisi Sandro Angliyadan Turkiya chempionatiga yo‘l oldi.
Bungacha "Kuinz Park Reynjers" jamoasida o‘ynagan Sandro "Antalyaspor" jamoasi bilan uch yarim yillik shartnoma tuzdi. Turkiyaning ushbu jamoasida Samuel Eto'O va Jan Makun kabi Evropa futbolida o‘zini ko‘rsatgan charm to‘p ustalari ham to‘p suradi. Ushbu jamoa ayni paytda Turkiya Superligasida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Sandro Braziliya terma jamoasi tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan va bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar