
Neyt Dias ustidan jinoiy ish ochildi
UFC yulduzi Neyt Dias Las-Vegasdagi tungi klub xodimiga hujum qilganlikda ayblanmoqda.
"TMZ Sports" nashri tomonidan e’lon qilingan sud hujjatlariga ko‘ra, mazkur voqea 25 avgust kuni yarim tunda Neyt va uning bir necha tanishlari tungi klubga kirmoqchi bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Politsiyadagi ma’lumotlarga qaraganda, Dias tungi klub qo‘riqchisi bilan tortishib qolgan va unga musht tushirgan. Ayni paytda 39 yoshli MMA ustasi jinoiy ishda ayblanib, tergov qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neyt UFC dagi so‘nggi jangida Toni Fergyusonni 4-raundda sabmishn orqali taslim etgandi.
Fikrlar