Ommaviy sport: Buloqboshi tumanida 5 tashabbusning ijrosi qanday?

  • 15.06.2019 13:14
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar

Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga bo‘lgan e’tiborni jiddiy tarzda  kuchaytirish, ularning madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng miqiyosda jalb qilish, axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilimlarini shakllantirish, mamlakatimiz yoshlari orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga qaratilgan 5 ta tashabbus ilgari surilgan edi.

bt

To‘g‘rida, turli qarama-qarshiliklar ortib borayotgan hozirgi jahon maydonlarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

photoeditorsdk-export

 

Hozirda, aynan prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu 5 ta tashabbusning amaliy ijrosi borasida yurtimizning barcha joylarida salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani sir emas.  Jumladan, bizning Andijon viloyati Buloqboshi tumaniga qarashli BO‘SM da ham besh tashabbusning ikkinchisi, ya’ni “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish” borasida turli xil tadbirlar, turnirlar o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi.

bu1

Misol uchun, tumanimiz markazidagi istiroxat bog‘i maydonlari, BO‘SMga qarashli sport majmuasi bir so‘z bilan aytganda markazdagi barcha sport o‘yingohlarida futbol, belbog‘li kurash, karate, badiiy gimnastika, boks, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari borasidagi musobaqalarga mezbonlik qilmoqda. Bunday tadbirlar,  yoshlar bilan bir qatorda axolining bo‘sh qatlamlari o‘rtasida ham tashkil etilmoqda.

Albatta, muxtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan bunday qarorlar, takliflar yoshlarimizni to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalash uchun biz o‘qituvchilarga dasturilamal bo‘lmoqda.

bip

Erkin G‘OZIMATOV Buloqboshi tuman BO‘SM yo‘riqchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!