
"Roma" va "Milan" Errera uchun kurashmoqda
Italiyaning "Roma" va "Milan" jamoalari "Portu"dan Ektor Errerani yozgi transfer mavsumi vaqtida sotib olish uchun kurashmoqda.
Meksikalik 29 yoshli futbolchi yozda "Portu"ni tark etish arafasida turibdi. Uning "Portu" bilan shartnomasi shu yilning yozida poyoniga etadi. Bu futbolchiga "Roma" va "Milan" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Erreraning o‘zi esa kelgusi mavsumda EChLda to‘p suradigan jamoa safiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Ektor Errera "Portu" safida barcha musobaqalarda 49ta uchrashuvda 8ta gol urgan va 2 golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar