Rustam Lutfullin boshchiligidagi hakamlarimiz OChL-2 doirasidagi bahsni boshqaradi

  • 21.11.2024 16:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasining guruh bosqich bahslari davom ettirilmoqda. G‘arb mintaqasi 5-turi doirasida "Sepaxon" jamoasi "Al-Vehdat" klubiga qarshi saf tortadi. Ushbu to‘qnashuvda o‘zbekistonlik hakamlar jamoasi ish olib boradi. Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida qayd etilgan bo‘lsa, unga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Alisher Usmonov yordam beradi. Shuningdek, Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajaradi:

Osiyo Chempionlar ligasi-2  Guruh bosqich, 5-tur
"Sepaxon" - "Al-Vehdat"
26.11.2024 | 21:00

Hakamlar:

Rustam Lutfullin 
Sanjar Shoyusupov 
Alisher Usmonov 
Asker Najafaliev 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!