Saudiya Pro ligasi. Ronalduni dubli “An-Nasr”ga g'alaba keltirdi
Muhammadqodir Ruzmatov
Uchrashuv yakunlandi.
Saudiya Pro ligasining 27-turida “An-Nasr” o‘z maydonida “An-Najma” jamoasini qabul qildi va 5:2 hisobida ishonchli g‘alaba qozondi.
Mazkur uchrashuvda Krishtianu Ronaldu hamda Sadio Mane dubl muallifi bo‘ldi. Yana bir golni Al-Hamdam o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, “An-Nasr” jamoasi ochkolar sonini 70 taga yetkazib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.

Izohlar (0)