Sem Alvi: "Xabib yaxshi rekordga ega bo‘lish uchun atayin zaif raqiblarga qarshi kurashgan"

  • 13 mart, 14:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
BEPUL PROPAN

Aralash kurashlarning sobiq jangchisi Sem Alvi MMA yulduzi Xabib Nurmagomedovni tanqid qildi.

“Xabibni tarixdagi eng yaxshi jangchilardan biri, deb atashadi. U faoliyati davomida biror marta mag‘lub bo‘lmagan - 29 ta bahsning barchasida g‘alaba qozongan. U Jastin Getji, Dastin Pore va boshqa kuchli jangchilarni engan. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Faoliyatining boshida Xabib yaxshi rekordga ega bo‘lish uchun atayin zaif raqiblarga qarshi kurashgan" - dedi Alvi "Crain & Company" podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedovning so‘nggi jangida amerikalik Jastin Getjini ikkinchi raundda sabmishn orqali taslim etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!