Rossiyaning Moskva shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnirning juftlik bahslarida chorak finalchilar nomi aniq bo‘ldi.
Juftlik bahslarining birinchi bosqichida hamyurtimiz Sergey Fomin gretsiyalik sherigi Markos Kalovelonis bilan birgalikda rus tennischilari Maksim Ratniuk va Aleksander Shevchenkoni sinovdan o‘tkazdi. Ular o‘rtasidagi o‘yinda Sergey va Markos 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Fomin Va Kalovelonis yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Andrey Uvarov va Vladimir Korolyovga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar