Song Yadongning mushtlari emas, barmoqlari Genri Sexudoni mag‘lub etdi

  • 23.02.2025 08:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Hozirgina AQShda "UFC Fight Night 252" turniri bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning asosiy to‘qnashuvida amerikalik Genri Sexudo va xitoylik Song Yadong o‘zaro jang qildi. Shiddatli va murosasiz kechayotgan qarama-qarshilik 3-raunddan so‘ng yakunlandi. Jang davomida Yadongning barmoqlari Genrining ko‘ziga kirdi va shundan so‘ng, Sexudo bahsni davom ettirishdan bosh tortdi. G‘alaba esa Xitoy vakiliga berildi.

Eslatib o‘tamiz, keyingi UFC turniri 2 mart kuni AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkaziladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!