1 fevral kuni Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi

  • 29 yanvar, 19:01
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga mavsumi 7 mart kuni start olishi rejalashtirilgan. Liga uning to‘liq ishtirokchilari va klublar qaysi stadiondan qay tartibda foydalanishi masalasida ish olib borishiga to‘g‘ri keldi. 

Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 1 fevral kuni 18:00 da start oladi va u Futbol TV orqali jonli efirga olib chiqiladi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi. 

Qur’a jarayonida Liga quyidagi ketma-ketlikni inobatga oladi:


a) mavsum startini o‘z maydonida boshlamasligi, biroq keyinchalik boshqa stadionga ko‘chib o‘tishi katta ehtimol bo‘lgan klublar;

b) bir stadiondan foydalanishi ko‘zda tutilgan va shundan kelib chiqib juftlik hosil qilgan klublar;

d) juftlik hosil qilmagan klublar. 

Liga mutaxassislari qur’a va uning qolgan masalalarini jonli efirda tushuntirib berishi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!