
10 ta gol urgan uchrashuv bosh murabbiy uchun tarixiy bo‘ldi!
Kubaga qarshi o‘yin Braziliya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xavier Markinyos uchun 100-uchrashuv bo‘ldi.
Yubiley bahsda Braziliya futzalchilari raqibni ayab o‘tirishmadi va 10:0 hisobida g‘alaba qozondilar. Bu bosh murabbiy uchun unutilmas sovg‘a bo‘ldi.
Markinos 2017 yilda "pentakampeonlar" boshqaruviga tayinlangan. U jamoasi bilan 2024 yilgi Kopa Amerika g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar