
100 million evro uning fikrini o‘zgartirdi!
“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Bernardu Silva “Barselona”ga o‘tish fikridan qaytdi va o‘zini butunlay “shaharliklar” jamoasiga bag‘ishlamoqchi, deb xabar tarqatdi The Athletic nashri.
28 yoshli futbolchi anchadan beri Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishni rejalashtirib yurgandi. Manchesterliklar ham uni qo‘yib yubrishga qarshilik qilmadi. Ular “Barselona” qiziqayotgan o‘yinchining badal pulini 100 million evro qilib belgiladi.
Tabiiyki, moliyaviy inqirozdan qutila olmayotgan kataloniyaliklar bir futbolchi uchun buncha mablag‘ sarflamaydi.
Bernardu Silvaning manchesterliklar bilan hamkorligi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Mutaxassislar tomonlar o‘zaro kelishuvni yangilashi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Fikrlar