100 million funt turadigan futbolchi o‘rnini arzon o‘yinchiga beradi

  • 27 aprel, 2021, 19:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Aston Villa” jamoa etakchisi Jek Grilishning ketishiga hozirlik ko‘rmoqda. Villaliklar bu futbolchi yaqinda klub bilan shartnomani uzaytirganiga qaramay, asosiy yulduzini ortiq ushlab qola olmaydi.

Angliya grandlari Grilish uchun pulini ayamaydigan bo‘ldi. “Aston Villa” uni 100 million funtga qo‘yib yuborishga rozi. Xaridorlar orasida 25 yoshli yarim himoyachiga anchadan beri ko‘z tikayotgan  “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Liverpul” bor.  

“Aston Villa” rahbariyati Grilishning o‘rniga “Norvich”da o‘zini ko‘rsatayotgan Todd Kentuellni olib kelmoqchi. 23 yoshli yarim himoyachining transferi 30 million funtga baholanmoqda.

Todd ishonchli  o‘yinlari bilan “Norvich”ning muddatidan oldin premer-ligaga chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!