Asosiy mazmunga oʻtish

121 500 AQSh dollarik "UzChess Cup" III xalqaro turnirida kimlar qatnashadi?

Shu yilning, 6–16-iyun kunlari Toshkent shahri yana bir bor jahon shaxmati markaziga aylanadi. "UzChess Cup" III xalqaro turniri eng kuchli grossmeystarlar va iqtidorlu yoshlarni bir maydonga jamlaydi.

Turnirning umumiy mukofot jamgʻarmasi 121 500 AQSh dollarini tashkil etadi. Eng muhimi, har bir guruh gʻolibi keyingi yilgi "UzChess Cup" turnirining yanada yuqori bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

Nufuzli musobaqa Masters, Challengers, Futures va Open guruhlari doirasida oʻtkazilib, unda yuqori reytingli xorijiy shaxmatchilar hamda Oʻzbekistonning eng sara vakillari oʻzaro kuch sinashadi.

Hozirga qadar qatnashishi aniq boʻlgan shaxmatchilar bilan tanishing:

Yan Nepomnyashiy 
Nodirbek Abdusattorov 
Arjun Erigaysi 
Javohir Sindarov 
Hans Nimann 
Shahriyar Mamedyarov 
Vidit Gujrati 
Nodirbek Yakubboev 
Shamsiddin Vohidov
Nikolas Teodoru

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q