“Mash’al”: Kim qancha gol urdi?
Yakuniga etgan Oliy Ligamizda o‘zining navbatdagi mavsumini yakunlagan “Mash’al” jamoasi bir qancha qiziqarli va murosasiz bahslarni muhlislarga taqdim etdi.
O‘tgan bahslarda raqiblari darvozasini jami 11 nafar futbolchi ishg‘ol etgan. Bular orasida yaqqol to‘purar bo‘lgan futbolchi esa Kenja To‘raev bo‘ldi. Jamoa safiga 2-davrada kelib qo‘shilgan futbolchi raqiblari darvozasini 7 marotaba aniq nishonga oldi. 2-davradan harakat qilib jamoa to‘purari bo‘lgan futbolchiga bu ko‘rsatkich yomon natija emas. Shaxzod Shaymanov, Mirzoxid G‘ofurov, Jamshid Hasanov va Shaxboz Erkinovda esa 4 ta dan gol bor.
Erkinov 2-davradan boshlab “Nasaf” safida harakat qildi. U “Mash’al” safida 1 davrada 4 ta to‘p kiritishga muvoffaq bo‘lgan. Bulardan tashqari Zafar To‘raev, Xumoyun Murtazoev, Zohir Qo‘ziboev ham bu mavsum o‘z hisoblarigi 3 ta dan gol yozib qo‘yishdi.
Shuningdek, Iskandar Shayqulov, Sardor Abduraimov, Maradona Safarov ham bittadan gol kiritishga erishdilar.
To‘purarlar ro‘yxati !
1. Kenja To‘raev 7 ta.
2. Shaxzod Shaymanov 4 ta.
3. Jamshid Hasanov 4 ta.
4. Mirzoxid G‘ofurov 4 ta.
5. Shahboz Erkinov 4 ta.
6. Zohir Qo‘ziboev 3 ta.
7. Xumoyun Murtazoev 3 ta.
8. Zafar To‘raev 3 ta.
9. Iskandar Shayqulov 1 ta.
10. Sardor Abduraimov 1 ta.
11. Maradona Safarov 1 ta.
Fikrlar