14 yoshli turkiyalik grossmeyster shaxmat tarixida yangi rekord o‘rnatdi
14 yoshli Turk shaxmatchisi Yagiz Kaan Erdogmush klassik reytingda 2700 ochko chegarasini bosib o‘tgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.
12–17 aprel kunlari Monakoda o‘tgan "Avlodlar janggi" seriyasi doirasida u 51 yoshli grossmeyster Veselin Topalovga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hal qiluvchi palla ikkinchi partiyaga to‘g‘ri keldi — murakkab kurashda Topalov jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, mag‘lub bo‘ldi.
Shundan so‘ng bahsda ustunlik to‘liq yosh iste’dod tomoniga o‘tdi: Erdogmush uchinchi partiyada ham g‘alaba qozondi, to‘rtinchi partiya durang bilan yakunlandi va yakunda u yana ikki bor raqibidan ustun keldi. Yakuniy hisob — 5:1.
Ushbu natija orqali Erdogmush 22 reyting ochkosini qo‘lga kiritib, 2700 marradan oshdi. Shu tariqa u mazkur ko‘rsatkichga erishgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Avval bu rekord Vey Iga tegishli edi, ammo turk shaxmatchisi uni qariyb bir yilga yangiladi.

Fikrlar