16 yoshli darvozabon penaltini qaytarib vafot etdi

  • 17 yanvar, 22:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya futbolida noxush voqea sodir bo‘ldi. Havaskor jamoalardan biri tashkil qilgan mashg‘ulotdagi kuchli zarba  darvozabon Edson Lopes Gama umriga nuqta qo‘ydi.

Tecno

Marca nashrining ma’lum qilishicha, 16 yoshli darvozabon penaltini qaytargan va maydonga yiqilib, qayta turmagan.

11 metrlik nuqtadan yo‘llangan zarba Gamaning ko‘krak qafasiga tekkan. U kasalxonada jon bergani aytilmoqda.

Edson Lopes Gama shu paytga qadar bir necha bor tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va unda hech qanday yurak kasalligi aniqlanmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!