
17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati. O‘zbekiston Ispaniya bilan so‘nggi turda kuch sinashadi (o‘yinlar taqvimi)
Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi. Indoneziya mezbonlik qiladigan turnirda yoshlarimiz "B" guruhidan joy oldi.
Mazkur guruhda vakillarimizga Ispaniya, Kanada hamda Mali termalari raqiblik qiladi.
O‘FA matbuot xizmati hamyurtlarimizning guruhdagi o‘yinlar taqvimini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, ilk turda O‘zbekiston U-17 termasi Mali bilan kuch sinashsa, 2-tur Kanada termasiga qarshi kechadi. Oxirgi 3-turda esa o‘smirlarimiz Ispaniyaga qarshi saf tortadi.
Quyida bellashuvlarning Toshkent vaqti bo‘yicha keltirilgan taqvimi bilan tanishishingiz mumkin!
Fikrlar