
17 yoshli yulduz "Real"ga o‘tishni xohlamoqda, PSJga emas
Avvalroq xabar qilinishicha, Liga 1ning PSJ klubi "River Pleyt"ning 17 yoshli vingeri Franko Mastantuono uchun asosiy da’vogar hisoblangan.
"Real" avval ham Mastantuono bilan qiziqqan, ammo futbolchi uchun 45 million evro to‘lashni xohlamagan. Madridliklar futbolchining atrofidagi insonlar bilan muloqotni boshlagan.
"The Athletic" ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchiga PSJdan ko‘ra "Real"ga transfer qiziqarliroq.
Joriy mavsumda Mastantuono "River Pleyt" safida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yin o‘tkazdi, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi, Uning argentinalik klub bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar