18 yoshli braziliyalik futbolchiga Evropaning 5 ta grand klubi xaridor bo‘lmoqda

  • 4 dekabr, 2020, 11:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Braziliyaning "Palmeyras" klubi hujumchisi Gabriel Veron Evropa grandlarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Todo Fichajes nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 18 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Real", "Manchester Siti", "Arsenal", "Yuventus" va "Milan" klublari da’vogarlik qilmoqda. Uning transfer narxi 25 mln evroga baholanmoqda.

Veron “Palmeyras” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!