
18 yoshli yulduzcha “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem”ni mensimadi!
“Brayton”da porlay boshlagan 18 yoshli Evan Fergyuson bir necha grand klublar e’tiboriga tushdi.
Yozgi transferlar davrida “Manchester Yunayted”, “Chelsi” va “Tottenxem” iste’dodli o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi. Biroq, Fergyuson ularning chorlovini qabul qilmadi.
Manbalarning yozishicha, Evan hozirgi jamoasida qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Irlandiyalik futbolchi joriy mavsumda turli musobaqalarda jami 25 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi.
Mutaxassislar tomonidan bo‘lajak superyulduz, deb baholanayotgan bu futbolchining transfer summasi 10 million evroga ko‘tarilgan.
Fikrlar