
19 yoshli Sancho Angliya termasida "dubl" qayd etdi. Undan kichikroq yoshda faqat Runi 2 ta gol urgan
"Borussiya Dortmund" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho Evro-2020 saralash bosqichi doirasidan o‘rin olgan Angliya va Kosovo (5:3) bahsida ikkita gol urdi.
Sancho bellashuvning 44 va 45-daqiqalarida gol urdi.
U terma jamoada 19 yosh-u 159 kunlik ekanligida "dubl" qayd etdi. Undan kichikroq yoshda faqatgina Ueyn Runi (18 yosh-u 241 kunlik) 2 ta gol ura olgan.
Bundan tashqari, Sancho XXI asrda tavallud topgan futbolchilar orasida Angliya termasi safida gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Fikrlar