1ta qizil, 9ta sariq kartochka, 4ta penalti. "Sevilya" - Zaltsburg" o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

  • 14 sentabr, 2021, 23:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempionlar ligasi "G" guruhidan o‘rin olgan "Sevilya" - "Zaltsburg" uchrashuvi yakuniga etdi. 

Kurashlarga boy kechgan bahsda jamoalar murosa yo‘lini tanladi. O‘yinning 21-daqiqasiga Luka Suchich hisobni ochgan bo‘lsa, 42-daqiqada Rakitich penaltidan gol urib muvozanatni tikladi. Mazkur hisob bahs yakuniga qadar boshqa o‘zgarmadi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, ushbu bahsda andalusiyaliklar futbolchisi En-Neseri 50-daqiqada qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shuningdek, bellashuvda 8 ta sariq kartochka va 2 ta foydalanilmagan penalti guvohi bo‘ldik.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!