
2 ta qizil kartochka va penalti bo‘lgan bahsda "Barselona" kambek amalga oshirib finalga yo‘l oldi!
Ispaniya Kubogida ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi.
Andalusiyada 0:2 hisobida yutqazgan "Barselona" o‘z maydonida iroda ko‘rsatib, "Sevilya" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi va finalga yo‘l oldi. Ta’rifga til ojiz!
Birinchi bo‘lim boshida Usmon Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 73-daqiqada kataloniyaliklar posboni Ter Shtegen qahramonlik ko‘rsatib, mehmonlar xavbeki Lukas Okamposning penaltisini qaytardi. Ayni mana shu narsa "ko‘k-anorranglilar"ga motivatsiya bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas! 90+2-daqiqada "Sevilya" a’zosi Fernando qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
90+4-daqiqada Pike ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirib, bahsni qo‘shimcha bo‘limlargacha olib borilishiga sababchi bo‘ldi. Qo‘shimcha bo‘limda esa Breytueyt g‘alaba to‘pini kiritdi. Kambek!
Kataloniyaliklar finalda "Levante" — "Atletik" (Bilbaoda 1:1 hisobi qayd etilgan) juftligi g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.
Fikrlar