2024 yilda g‘alaba qozona olmagan "Volfsburg" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi

  • 18 mart, 2024, 04:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "Volfsburg" jamoasi Niko Kovach o‘rniga yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘z vaqtida "Sautgempton"ni boshqargan Ralf Xazenxyuttl "bo‘rilar"ga ustozlik qiladi. 

Mutaxassis bilan uzoq yillik shartnoma imzolangan. U dushanba kunidan boshlab rasman ishga kirishadi. 

Eslatib o‘tamiz, "Volfsburg" ayni paytda 25 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida 14-pog‘onani band etib turibdi. Nemis jamoasi 2024 yilda o‘tkazilgan 10 ta bahsning birortasida g‘alaba qozona olmagan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!