
2030 yilgi mundial Ukrainada ham o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda 2030 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun qo‘shildi. Bu haqda Ispaniya va Portugaliya futbol federatsiyalarida ma’lum qilindi.
"Ishonchim komilki, bizning arizamiz avvalgisiga qaraganda ancha yaxshi. Futbol global va agar u odamlar hayotini ko‘p jihatdan o‘zgartira olsa, undan yaxshilik uchun foydalanish kerak", — dedi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales.
Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) prezidenti Fernando Gomesh UEFA Ukrainani qo‘shma arizaga kiritish haqidagi qarorni “to‘liq qo‘llab-quvvatlashini” ta’kidladi.
Avvalroq Misr, Gretsiya va Saudiya Arabistoni, shuningdek, Urugvay, Argentina, Paragvay va Chili 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligi uchun birgalikda ariza topshirgan edi.
Fikrlar