Srna yanvarda “Barselona” ga o‘tishni istamoqda

Donetskning “Shaxtyor” klubi himoyachisi va sardori Dario Srna “konchilar” rahbariyati bilan o‘zining boshqa jamoaga o‘tish istagi borasida murojaat qildi.

Mundo Deportivo nashrining xabariga ko‘ra 34 yoshli xorvatiyalik futbolchi qishki transferlar davrida “Barselona” klubiga o‘tishni rejalashtirmoqda. O‘z navbatida kataloniyaliklar ham tajribali himoyachini o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirgan.

Srnaning so‘zlariga ko‘ra “Shaxtyor” klubi prezidenti Rinat Axmetov uni “Barselona”ga tekinga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Srna ushbu mavsum Ukraina chempionatida 12ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!