
24 yoshli futbolchi kuchli beshlikning 8 karra chempioniga aylandi
"Bavariya" futbolchisi Kingsli Koman jamoasi bilan birga Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Frantsiyalik 24 yoshli futbolchi faoliyati davomida ketma-ket sakkizinchi chempionligini qo‘lga kiritdi.
Koman PSJ tarkibida bir marta, "Yuventus" a’zosi sifatida 2 marta va "Bavariya" futbolchisi sifatida 5 marta mamlakat g‘olibi bo‘lgan. U barcha chempionliklarni asosiy jamoalarda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar