25 yil avval ser Aleks birgina jumla bilan raqibini «nokaut»ga uchratgan edi

  • 27 fevral, 2021, 08:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

1995 yilning bahorida kamtarin «Blekbern» jamoasi Angliya chempionligini nishonladi. «Manchester Yunayted» bilan bo‘lgan kurashda Alan Shirer boshchiligidagi jamoa kuchliroq chiqdi. 1993/94 yilgi oltin dubldan so‘ng, «qizil iblislar» chempionlik uchun asosiy da’vogar edi, biroq klub so‘nggi turda «Vest Xem» bilan durang qayd etib g‘oliblikni qo‘ldan boy berdi. E’tiborlisi shundaki, parallel kechgan o‘yinda «Blekbern» mag‘lubiyatga uchragan edi. Chempionatning so‘nggi turi yakunlanishi bilan «Ivun Park»da bayram boshlandi. Aleks Fergyuson esa, chuqurga o‘yga toldi…

Tecno

Yozda shotlandiyalik murabbiy jamoaning suyagi sanalgan Pol Ins, Andrey Kanchelskis va Mark Xyuzga javob berib yubordi. Ingliz jurnalistlari, murabbiy nimani reja qilayotganiga haqida turli taxminlarni yog‘dirib tashladi. Boz ustiga, yanvar oyida muxlislarga qo‘l ko‘targani uchun futboldan chetlatilgan Erik Kantona tarkibga qo‘shib olindi.

lgerpglperkgerkgoerkgokrehtr_1

Amaldagi chempion Alan Shirerni jamoada saqlab qoldi. Bosh murabbiy – Kenni Dalglish esa, iste’foga chiqdi. Aynan shu faktor klubni chempionlik poygasidan erta chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Barcha endi «qizil iblislar»ni to‘xtatib qolishga qodir boshqa kuch yo‘q deb o‘ylagan bir paytda, «Nyukasl» katta sahnaga chiqib keldi. Dalglish singari «Liverpul» afsonasi – Kevin Kigan murabbiyligida klub juda yaxshi start oldi. 1992 yilda elitaga qaytgan jamoani taniqli ishbilarmon – Jon Xoll sotib oldi. U qisqa fursatda tarkibni kuchaytirdi. Les Ferdinand, David Jinola va Uerren Barton jamoaga taklif etildi.

Kevin Kigan shogirdlari APLning ilk 10 turida 9 g‘alaba erishdi va peshqadamga aylanib oldi. O‘sha mavsumda Les Ferdinandni to‘xtatib qolish imkonsiz edi. U ilk 10 bahsda 8 bor raqib darvozasini ishg‘ol qiladi. Chempionlik uchun asosiy da’vogar – «Manchester Yunayted» turnirni «Aston Villa»ga (3:1) mag‘lub bo‘lishdan boshladi. O‘sha mavsum «qizil iblislar» tarkibida Pol Skoulz, Nikki Batta, aka-uka Nevill va Devid Bekxem debyut qildi. Aleks Fergyusoning tarkibni keskin yoshartirishi mutaxassislarda turli xil fikr uyg‘otdi. Ayniqsa, “BBC” kanali eksperti – Alan Xansen ochiqchasiga tanqid qilishga o‘tib ketdi.

«Bu bolalar bilan APLda g‘alaba qozonishning imkoni yo‘q. Ular hali juda yosh».

Ko‘p o‘tmay yoshlarga suyangan jamoa qatorasiga 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi, biroq musobaqa jadvalida «Nyukasl»ni quvib o‘tishning imkoni bo‘lmadi. Bu paytga kelib, Kevin Kigan shogirdlari to‘xtatib bo‘lmas kuchga aylangan edi. Murabbiy o‘z shogirdlariga aytgan so‘zlaridan bir parcha:

yplhptlypljtplyjltyj

«Muxlislar hafta davomida tinmay mehnat qiladi va futbol tomosha qilish uchun pul yig‘adi. Sizlar dam olish kunlarni ularni xursand qilishga majbursizlar. Ularga g‘alaba kerak, biroq 3:3 ham chakki natija emas. Nursiz durangdan ko‘ra, jangovar o‘yin afzal»

Bunday so‘zlardan ruhlangan yigitlar erkin o‘ynashga tushib ketdi. Ayniqsa, dribling va fintlarni sevgani uchun Frantsiya terma jamoasiga chaqirilmagan David Jinola erkin to‘p surishni boshladi. Butun «Nyukasl» bir mushtga aylangan edi.

1995 yilning oktyabr oyida diskvalifikatsiyasi yakunlangan Kantona kurashga qo‘shildi. O‘zining debyut uchrashuvidayoq Erik «Liverpul»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Gol va assist qayd etgan yigit, tezda muxlislar e’tiboriga tushdi. O‘yin 2:2 natijasi bilan yakunlangan bo‘lsa-da, Erikning qaytishi muxlislar orasida furor ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Aleks Fergyuson uchun Kantona juda muhim figura edi. Reja bo‘yicha u jamoaning yosh va tajribali futbolchilari o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi lozim edi. Buni shotlandiyalik mutaxassis o‘zining avtobiografiyasida ham ta’kidlab o‘tgan.

«Mashg‘ulotlardan so‘ng, yigitlar o‘rtaga pul tikib o‘yin o‘ynadi. O‘yin shartiga ko‘ra, har bir futbolchi o‘rtadagi savatga pul tashlashi lozim edi. Ushbu pullarni qo‘lga kiritish uchun avvaldan tayyorlangan qog‘ozlar orasidan kerakligini savatchadan olish lozim edi.

Barcha yosh futbolchilar o‘zlari tikkan pullarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi. Pol Skoulz va Nikki Battga omad kulib boqmadi. Barchadan ko‘proq pul yutib olgan Erik ularga oz yutug‘ini taqsimlab berdi. Endigina asosiy jamoaga o‘tgan yigitlar uchun 7,5 ming funt ikki oylik maosh degani edi».

Kantona effekti uzoq davom etmadi. Klub noyabr-dekabr oylarida 8 o‘yinning atigi ikkitasida g‘alaba qozondi, xolos. Bu paytga kelib, Kiganning jamoasi MYudan 10 ochko ilgarilab ketgan edi. Yangi yilga ikki klub futbol muxlislariga ajoyib sovg‘a taqdim etdi. «Nyukasl» o‘z uyida ko‘pchilik tomonidan chempion bo‘lishi aytilayotgan «Manchester Yunayted»ni qabul qildi. Mehmonlar yaqqol favorit bo‘lishiga qaramay, Endi Koul va Roy Kinning gollari «Manchester Yunayted»ni chempionlik poygasiga qaytardi. Kevin Kiganning oltin medallar haqidagi shirin xayollari tarqab ketdi. Shotlandiyalik murabbiy o‘zi istagan jamoani shakllantirgani o‘sha o‘yin yaqqol ko‘zga tashlandi.

kgoerkgoerkogke

Yangi yildan so‘ng, «Nyukasl» tezda o‘ziga keldi. Kigan shogirdlari qatorasiga 5 ta o‘yinda g‘alaba qozondi. Qo‘shimchasiga, Xoll jamoaga «Parma» hujumchisi Faustino Asprilini olib keldi. Kolumbiyalik forvardning kelishi, chempionlikka bo‘lgan ishonchni yanada ortib ketishiga sabab bo‘ldi.

Bu pallada «Manchester Yunayted» ochko ulashish bilan band edi. Avvaliga, «Tottenxem»ga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, keyin «Aston Villa» bilan durang qayd etdi. Oqibatda, o‘rtadagi farq yana 12 ballga etdi.

Fevral oyidan boshlab, Erik Kantonani tanib bo‘lmay qoldi. Frantsuz o‘z sport formasini to‘liq tiklagan edi. U yo‘lidan chiqqan raqiblarni yanchib o‘tib ketishni boshladi. «Manchester Yunayted» esa, o‘ziga keldi. Klub «Aston Villa»dan so‘ng, hech kim bila ochko bo‘lishmadi. «Nyukasl» bilan o‘zaro o‘yinga qadar o‘rtadagi farq 1 ochkoga qadar qisqardi. «Old Trafford»dagi chempionlik o‘yini oldidan Kevin Kigan shogirdlari «Vest Xem» va «Manchester Siti» bilan o‘yinlarda ochko yo‘qotgani pand berib qo‘ydi. Oltin medal uchun asosiy da’vogar bo‘lib turgan jamoa hal qiluvchi o‘yinga tushkun kayfiyatda etib keldi.

«Orzular teatri»dagi match «Nyukasl»ning ustunligida o‘tdi. Petr Shmeyxelning qahramonligi va darvoza to‘sini mezbonlarni muqarrar goldan bir necha bor qutqarib qoldi. 52-daqiqada Erik Kantona katta sahnaga chiqdi va gol kiritdi. O‘yin minimal hisobda «qizil iblislar» foydasiga hal bo‘ldi.

goekrgoekrogkerg

Bu mag‘lubiyat «Nyukasl»ga psixologik zarba yo‘lladi. Oqibatda, keyingi o‘yindayoq Kevin Kigan qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. «Liverpul»ni 3:2 natijasi bilan engib turgan bir paytda, murabbiy zaxiradan hujumchilarni maydonga tashladi. Bu tavakkal qaror uchun «Liverpul» ikkita qarshi hujum bilan javob berdi.

Bu paytga kelib, MYu muvaffaqiyatni rivojlantirish bilan band edi. Erik ketma-ket APLning 6 ta o‘yinida gol kiritdi. Jamoa Angliya kubogi finalida «Liverpul» mag‘lub etildi. G‘alaba golini Erik Kantona kiritganini darrov payqagan bo‘lsangiz kerak. Jamoa «Sautgempton»dan mag‘lub bo‘lganiga qaramay, MYu raqibidan 3 ochko ilgarilab ketdi. Boz ustiga, zaxirada yana bitta match bor edi. Aleks Fergyusson qulay vaziyatdan foydalandi va Kevin Kiganga ruhiy bosim o‘tkazdi.«Nyukasl»ning «Nottingem» bilan uchrashuv oldidan shotlandiyalik murabbiy «Lids»ga qarshi o‘yinlarni yodga oldi.

“Biz ham «Nyukasl»ham «Lids»ni mag‘lub etdik. O‘ylashimcha, «Lids»ga nisbatan «Nyukasl»ga qarshi o‘yin osonroq kechgan. Axir, bu «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yin emas!”

Bu intervyu omma yuzini ko‘rgach, Kigan jahl otiga mindi. “Sky Sports”ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirida ochiqchasiga javob qaytardi.

hokrtohkrtohkr

“Men avvallari Fergyusoning so‘zlariga e’tibor bermadim, biroq hozir u g‘azabimni qo‘zg‘atdi. Unga aytib qo‘ying, biz hali chempionlik uchun kurashdan chiqqanimiz yo‘q. Ular hali «Midlsbro» bilan o‘yinda 3 ochko ishlab olishi kerak. Umid qilamanki, yakunda ularni quvib o‘tamiz”.

Bu so‘zlar orqali Kigan o‘z pozitsiyasini ko‘rsatdi, biroq o‘q nishonga borib tekkan edi. «Nyukasl» o‘z uyida «Nottingem»ni enga olmadi. 1:1 va chempionlik uchun barcha imkoniyatlar qo‘ldan chiqib ketdi. «Qizil iblislar» chempionatning so‘nggi turida «Midlsbro»ni muammosiz (3:0) mag‘lub etishdi. Ortdan quvib kelayotgan «Nyukasl» so‘nggi turda «Tottenxem» bilan durang qayd etdi.

htypljptyljptlypjltyj

Zamonaviy, nomdor yigitlardan tashkil topgan Kigan jamoasi qishda chempionlik uchun asosiy da’vogar edi, biroq poyganing finish qismida «Yunayted» ularni quvib o‘tdi. Fergyussonning “bolalari” jismonan va ruhan ulardan kuchliroq ekanligini ko‘zga tashlanib qoldi. «Qizil iblislar» qishdan so‘ng, 7 ta o‘yinni so‘nggi daqiqalarda o‘z foydasiga hal etganini alohida e’tirof etish lozim. Ustozlari singari kuchli xarakterga ega bolalar mavsum so‘nggida chempionlikni haqli ravishda nishonladi.

Murabbiylar o‘rtasidagi kurashda Aleks uddaburonroq chiqdi. Kigan uning provokatsiyasiga uchdi va o‘z reputatsiyasining keskin tushib ketishiga sabab bo‘ldi. Kelasi mavsumda, «Nyukasl» Alan Shirerni «qizil iblislar» burnini tagidan ilib ketdi, biroq avvalgidek tempda futbol namoyish eta olmadi. 1997 yilda Kigan iste’foga chiqarildi.Yangi asr arafasida, Kigan dramatik kechgan chempionlik poygasini yodga oldi.

“O‘sha mavsum men qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. «Yunayted» esa, ko‘z o‘ngimizda o‘sdi. Xansen tomonidan bolalar deb ta’riflangan yigitlar hozir super futbolchilarga aylandi. Ularning mehnati bilan «Manchester Yunayted» trebl qayd etdi”.

khortohkrokhorkth

Chempionlik masalasini hal etgan Erik Kantona 1997 yilda 30 yoshda butsalarini mixga ilib yubordi. Shunga qaramay, u 90 yillarda jamoa tarkibida to‘p surgan eng kuchli futbolchi sifatida abadiy tarixda qoladi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!