3 bokschimiz "Chempionlar oqshomi"da g‘alaba qozondi

  • 15 iyul, 2023, 21:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Bugun Tailandning Puket shahrida professional boks bo‘yicha "Chempionlar oqshomi" turniri o‘tkazilmoqda.

E’tiborlisi, mazkur jang oqshomida 3 nafar vakilimiz ringga ko‘tarildi. Dastlab, -51 kg vazn toifasida Olimpiada va Jahon chempioni Hasanboy Do‘smatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorni mag‘lub etdi.

Shuningdek, -63,5 kgda Mujibillo Tursunov, -71 kg vaznda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev ham g‘alabani tantana qildi. Ularning har biri 10000 AQSh dollaridan pul mukofotini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!