3-chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Suhrob Rahimbekov UFC bilan shartnoma imzolaydi

Kuni kecha 26 yoshini qarshi olgan mahoratli yakkakurashchimiz Suhrob Rahimbekov o‘zining navbatdagi chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Avvalroq olti sport turida chempion bo‘lgan sportchimiz 5 avgust hamda 16 sentyabr kuni o‘tkazilgan AQShda JIU-JITSU bo‘yicha navbatdagi ochiq chempionatida ishtirok etib, NAGA chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgandi va bu g‘alabasi bilan titullari sonini 3 taga etkazib oldi.

Endi sportchimiz 14 va 23 oktyabr kunlari ham chempionlik kamarlari uchun ringga chiqishi kutilmoqda.

Bundan tashqari 60 nafardan ortiq sportchi qatnashgan ushbu janglar kechasida Jonibek Azizov, Zarif Fayziev va Hazrat Begmurodov ham chempionlik kamarlariga ega chiqishdi.

Ma’lumot uchun: Suhrob Rahimbekov UFC bilan rasmiy shartnoma imzolash uchun yaqin turibdi. Buning uchun u yana besh marta ringga chiqishi hamda kamarlari sonini 8 taga etkazishi shart. Shundan so‘ng tomonlar o‘rtasida kelishuv imzolanadi.

Матнда хатолик топсангиз, ўша хатони белгилаб, бизга жўнатинг (Ctrl + Enter)