3 ta g‘alaba va trebl yoxud Gvardiolaning 14 yillik orzusi amalga oshadimi?

  • 18 may, 2023, 05:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2008 yil "Barselona" omadsiz mavsum o‘tkazib, La Ligada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘shanda jamoa bosh murabbiyi Frank Raykard o‘z ishidan ozod qilinib, uning o‘rniga "Barselona" B ustozi Xosep Gvardiola olib kelindi. Keyingi mavsum uchun tayyorgarlik vaqtida klubni Ronaldino tark etdi. Pike, Alvesh kabi futbolchilar transfer qilindi. 2008/2009 yilgi mavsumda kataloniyaliklar La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritdi. Asosiy raqobatchisi "Real"dan 8 ochkoga oldinlab ketgan "Barselona" yakunda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shu bilan birgalikda, turnirning eng kam gol o‘tkazib yuborgan va eng ko‘p gol urgan jamoasi sifatida yodda qolgan. "Barsa" Ispaniya kubogi finalida "Atletik"ni 4:1 hisobida mag‘lub qilib, mazkur turnirda ham g‘olib chiqdi. Chempionlar ligasida "Lion", "Bavariya" va "Chelsi" klublarini taslim qildi va finalda amaldagi chempion "Manchester Yunayted" ustida g‘alaba qozondi, ya’ni ispanlar 3-kubokni boshi uzra baland ko‘tardi.

Tecno

2996851

Mazkur trebl Gvardiola uchun murabbiylik faoliyatidagi birinchi va oxirgisi bo‘lib qoldi. U keyingi yillarda bu ishni na "Bavariya" bilan, na "Manchester Siti" bilan amalga oshira oldi. Mutaxassis treblga juda yaqin kelgan paytlar ham bo‘ldi. Misol uchun, 2021 yilda "shaharliklar" Premer-liga va Angliya kubogini qo‘lga kiritgandi. Ammo EChL finalida birgina gol yana ispaniyalik murabbiyni bundan mosuvo qildi. Oradan ikki yil o‘tib, Gvardiola yana treblga yaqin kelmoqda...

skysports-pep-guardiola-man-city_5399708

"Manchester Siti" Premer-ligani boy beradigandek ko‘ringandi. Ular 33-turgacha "Arsenal"dan ortda borayotgandi."Kanonirlar"ni mag‘lub etgach, klub yana birinchi o‘ringa chiqib oldi. Kelasi turda "Siti" "Chelsi"ni mag‘lub qilsa, ular chempionga aylanadi. Undan keyin Angliya kubogi finalida "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs ham bor. 3 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan mazkur bellashuv Gvardiola uchun ikkinchi final bo‘ladi.

Manchester City manager Pep Guardiola embraces Arsenal manager Mikel Arteta ahead of the Premier League match between Manchester City and Arsenal FC...

Oradan bir hafta o‘tib, "Manchester Siti" Chempionlar ligasining final bosqichida "Inter" bilan kuch sinashadi. "Shaharliklar" uchun EChL finaligacha bosib o‘tilgan yo‘l nisbatan qiyinroq bo‘ldi. Odatda guruh bosqichida "Siti"ga oson raqiblar tushib kelgan bo‘lsa, bu safar "Sevilya", "Borussiya" D va "Kopengagen" bilan bitta guruhdan joy oldi. Nimchorak finaldagi dastlabki o‘yinda yaxshigina qarshilik ko‘rsatgan "Leyptsig" javob bahsida 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Chorak finalda esa raqib ancha jiddiy edi. PSJni mag‘lub qilib kelgan "Bavariya" ham taslim qilindi. Qizig‘i, ikkala o‘yinda ham Gvardiola shogirdlari gol o‘tkazib yubormadi. "Manchester Siti"ni yarim finalda "Real" kutib turardi. Birinchi o‘yin durang bilan tugagan bo‘lsa, "Etixad"dagi uchrashuvda mezbonlar "qirollik klubi"ni ayab o‘tirmadi. 10 iyunda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasidagi raqib - "Inter". Balki Gvardiola uchun eng qiyin final shu bo‘lar. Sababi, bu milanliklar "Barsa"ni Evropa ligasiga jo‘natgan va "Milan", "Benfika" kabi klublarni yutib, finalga chiqdi. 

Image

Gvardiola ikki klubda trebl qayd etgan murabbiy bo‘lish uchun oz qoldi. Endi hikoyani chiroyli yakunlab qo‘ya olsa, bo‘lgani.  

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!