
30 may kuni yana bir chempionat start oladi
Polsha futbol ittifoqi mamlakat chempionat bahslari 30 may sanasidan davom ettirilishini rasman e’lon qildi. Ayni shu kundan e’tiboran yuqori divizion jamoalari koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan chempionatni yana davom ettirishadi.
Ushbu musobaqa 30 iyundan keyin yakunlanishi kutilmoqda. Turnir formati va uchrashuvlar soni o‘zgarishsiz qolganini ta’kidlash joiz. 27 maydan e’tiboran esa mamlakab kubogi bahslari ham boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar