“Ana xolos”! “Sho‘rtan” Oliy Ligada “Qo‘qon-1912”ni shu kunga qadar mag‘lub eta olmagan

  • 17.11.2016 12:40
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

18 noyabr kuni “Qo‘qon-1912” mehmonda “Sho‘rtan”ga qarshi maydonga tushadi. Klub matbuot xizmati mazkur uchrashuvga doir statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.

Oliy Ligadagi to‘rtinchi uchrashuv

“Qo‘qon-1912” hamda “Sho‘rtan” klublari Oliy Ligada bugunga qadar uch marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning ikkitasida qo‘qonliklar g‘alaba qozonga bo‘lsa, bitta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

Birinchi davrada  Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishgan.

O‘tgan yili G‘uzordagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.

G‘uzorda o‘tgan uchrashuv

01.10. 2015. “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” – 2:2

Hakamlar: Juma kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin hasan Ro‘zievga ishonib topshirildi.

18 noyabr kuni G‘uzor shahrida o‘tkazladigan o‘yinni Hasan Ro‘ziev boshchiligidagi hakamlar boshqarib boradigan bo‘ldi.

Oliy Liga. 29-tur

«Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon)

Hakamlar: H. Ro‘ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Shukurullaev (Toshkent)

Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!