37 yoshli Jiruni Madrid grandi chaqiryapti

  • 6 yanvar, 2024, 09:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan”da o‘ynayotgan 37 yoshli frantsiyalik hujumchi Olive Jiru faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.

Todofichajes nashrining yozishicha, tajribali forvard xizmatiga Madridning “Atletiko” klubi jiddiy qiziqish bildiryapti.

Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan va bu pozitsiyaga aynan Jiruni chaqiryapti.

Olive Jiru “Milan” safida 2021 yildan beri to‘p tepyapti. Uning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.

Frantsiyalik to‘purar joriy mavsumda milanliklarning eng chermahsul o‘yinchisi bo‘lib turibdi. U A Seriyada 14 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini sakkiz marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!